Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yil boshidan beri benzin narxi 63 foizgacha o‘sdi

Yil boshidan beri benzin narxi 63 foizgacha o‘sdi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning boshidan buyon AI-80 markali benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi mahsulotning bir tonnasi uchun 5 700,2 ming so‘mdan 9 302,8 ming so‘mgacha, ya’ni 63,2 foizga o‘sgan. Birja savdolariga qo‘yilayotgan mazkur markali benzinning aksariyat qismi, ya’ni 84 foiz Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda mazkur markali benzinning boshlang‘ich bahosi o‘rtacha 70 foizga o‘sib, mahsulotning bir tonnasi uchun 10 005,0 ming so‘mni tashkil qildi. Bu to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida ham e’lon qilingan.

O‘tkazilgan ochiq birja savdolari natijasida AI-80 markali benzinining boshlang‘ich va birja narxlari o‘rtasida tafovut o‘rtacha 1 foizdan oshmadi. Ya’ni benzin birja savdolari davomida o‘zining deyarli boshlang‘ich bahosida sotilgan.

Shu bilan birga, narxlarning ko‘tarilishi jahon birjalarida ham kuzatilmoqda. Xususan, Brent markali neftning jahon bozorlardagi narxi joriy yilning boshiga nisbatan o‘rtacha 60-70 foizga o‘sgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring