Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yong‘inni o‘chirish imkoni yo‘q»: Mo‘ynoqda gektarlab to‘qayzorlar yonmoqda

«Yong‘inni o‘chirish imkoni yo‘q»: Mo‘ynoqda gektarlab to‘qayzorlar yonmoqda

Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq shaharchasi atrofidagi to‘qayzorda katta yong‘in chiqqan. Sababini bilmaymiz katta hudud gektarlab maydonda yong‘in chiqan, bu yong‘inda to‘qayzordagi barcha hayvonlar o‘lishi mumkin» sarlavhasi ostida post e’lon qilingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi vaziyatga munosabat bildirdi. 

Mo‘ynoq tuman bo‘limi tomonidan voqea joyiga borib o‘rganilganda, Mo‘ynoq tumanidagi «Ushsay» OFY hududidagi «Mo‘ynoq qo‘ltig‘i»dagi qamishzorlarda yong‘in yuzaga kelib chiqqan.

«Yong‘inni o‘chirish imkoni yo‘q. Sababi qamishzorlar bo‘yi suv va botqoqlikdan iborat», deyiladi xabarda.

Suvning keskin qaytib ketishi sababli hozirda qamishzor bo‘yidagi qamish tublari ahyon-ahyonda tutashi davom etmoqda, shamol kuchayganda esa tutun ko‘lami ortadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring