Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikalik bolalar Shavkat Mirziyoyevni o‘zbekcha kalom bilan kutib oldi (video)

Amerikalik bolalar Shavkat Mirziyoyevni o‘zbekcha kalom bilan kutib oldi (video)

Kadr: «Youtube»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 15-may kuni rasmiy tashrif bilan AQShga borgani haqida xabar bergan edik.

Davlat rahbarini «Endryus» aeroportida AQSh hukumati a’zolari kutib oldi. Quyida kutib olish marosimidan eksklyuziv videolavhani ko‘rishingiz mumkin.

Shavkat Mirziyoyev bugun, 16-may kuni Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashadi. Muzokaralar avval tor doirada, keyin keng doirada bo‘lib o‘tadi.

17-may kuni esa AQSh Davlat kotibi, mudofaa vaziri, kongressmenlar va senatorlar, Jahon banki prezidenti bilan uchrashuvlar o‘tkazib, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring