2017-yilda Germaniyada siyosiy boshpana so‘rovchilar soni kamaydi
2015-yilda Germaniyaga qochqinlarning yopirilib kelishi ortidan hukumat qabul jarayonini kuchaytirgan edi. Natijada 2016-yilda bu ko‘rsatkich tushib ketgandi. Bu yil ham ko‘rsatkich pasayishda davom etmoqda. 2017-yilda Germaniyada siyosiy boshpana so‘rovchilar soni 200 000 nafardan kamroqni tashkil qilyapti. Bu haqda «Frans Press» agentligi xabar bermoqda.
Germaniya ichki ishlar vaziri Tomas de Mezierening aytishicha, 2017-yil oxiriga borib ko‘rsatkich 200 000 kishidan oshmaydi. Noyabr oyi oxiridagi ma’lumotlarga qaraganda, bu yil hisobidan 173 000 boshpana so‘rovchilar ro‘yxatga olingan. Yevropaning iqtisodi eng rivojlangan mamlakati 2015-yildan buyon 1,5 million muhojirni qabul qilgan, ularning deyarli yarmi Suriya, Iroq va Afg‘oniston fuqarolarini tashkil qiladi. Buning natijasida immigratsiya muammosi mamlakatdagi siyosiy bahslarning asosiy mavzusiga aylandi va so‘l kuchlarning hukmronlikka bo‘lgan intilishini kuchaytirdi.
2015-yilda Germaniyada siyosiy boshpana so‘rovchi migrantlarning 890 000 nafari ro‘yxatga olingan edi. Ammo, Bolqon yarim oroli davlatlari tomonidan chegaralardagi nazorat kuchayishi va YeI va Turkiya o‘rtasidagi migrantlar oqimini to‘xtatish haqidagi kelishuvdan keyin ko‘rsatkichlar keskin tushib ketgan edi. 2016-yilda Germaniyada boshpana so‘rovchi migrantlar soni 280 000 atrofida qayd etilgan.
Oxirgi bir necha oylar mobaynida kansler Angela Merkelga migrantlarga nisbatan siyosatni yumshatishni so‘rab bosimlar bo‘lmoqda. Merkelning tarafdorlari esa migrantlar sonini 200 000ta qilib cheklashni taklif etishdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter