Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inson miyasi necha yoshda yetuklik cho‘qqisiga chiqishi ma’lum bo‘ldi

Inson miyasi necha yoshda yetuklik cho‘qqisiga chiqishi ma’lum bo‘ldi

Illyustrativ foto

Inson miyasi rivojlanishining yoshlik bosqichi 32 yoshgacha davom etadi. Bu borada tadqiqot o‘tkazgan Kembrij universiteti olimlari Nature Communications jurnalida maqola chop etishdi.

Olimlarning ta’kidlashicha, inson hayoti davomida uning miyasi beshta asosiy bosqichdan o‘tadi.

Tadqiqotchilar diffuzion magnit-rezonans tomografiya yordamida 3 802 kishining miyasini tahlil qilishdi. Bu usul suv molekulalarining miyadagi harakatini kuzatish orqali neyron aloqalarini o‘rganish imkonini beradi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, miya hayot davomida qayta sozlanadi, ba’zi aloqalarni kuchaytiradi va boshqalarini zaiflashtiradi, bu jarayonda chekinishlar ham kuzatiladi.

Miyaning bolalik bosqichi tug‘ilgandan 9 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda miya hajmi tez o‘sadi, go‘daklik davrida hosil bo‘lgan sinapslar soni kamayadi.

Keyingi bosqich 32 yoshgacha davom etadi. U oq moddaning o‘sishi, neyron tarmoqlar faoliyati optimallashishi va kognitiv qobiliyatlar oshishi bilan tavsiflanadi. Bu vaqtda ruhiy buzilishlar paydo bo‘lishi xavfi ortadi. 32 yoshdan keyin miya chin ma’noda ulg‘ayadi. Neyron tuzilmasi barqarorlashadi, inson intellektual rivojlanishda o‘z «platosi»ga erishadi.

Taxminan 66 yoshdan neyron tarmoqlarining yangi tashkiliy sxemalari bilan bog‘liq erta qarish boshlanadi. Bu davrga kelib miya kasalliklari xavfi ortadi. Kech qarish davri chamasi 83 yoshdan boshlanadi, bu paytda e’tibor miya global bog‘liqlikdan mahalliy bog‘liqlikka o‘tadi va uning alohida qismlariga yuklama oshadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring