Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti chop etilgan tadqiqotlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti chop etilgan tadqiqotlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi

Foto: Shutterstock

Scienceweb talqiniga ko‘ra, 2023-yil yakunida Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) – O‘zbekiston universitetlari ilmiy tadqiqotlar milliy ma’lumotlar bazasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Tanlov mezonlari sifatida universitetlarda va tadqiqot markazlarida ishlaydigan olimlarning umumiy o‘rtacha H-INDEX darajasi, Scopus, Web of Science, Google Scholar kabi ma’lumotlar bazalarida indekslangan ilmiy nashrlarda chop etilgan tadqiqotlari bilan bog‘liq havolalar soniga qarab tayinlangan.

Aytish joizki, Stenford universitetining (AQSh) o‘tgan yili oktyabr oyida nashr etgan ma’lumotlariga ko‘ra, SIUT matematika fani bo‘yicha professor Moxammed Kaabar 2023-yilda ilmiy ishlari jahon miqyosida 2 foiz eng ko‘p tilga olingan olimlarning biri deb tan olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring