Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

100 yoshdan kichiklarga tamaki sotishni taqiqlash taklif etildi

100 yoshdan kichiklarga tamaki sotishni taqiqlash taklif etildi

Foto:«Talking Retail»

AQShning Gavayi shtatida parlament 100 yoshdan kichik bo‘lgan fuqarolarga tamaki sotishni taqiqlash bo‘yicha qonun loyihasini kiritdi. Mazkur hujjat qonunchilik organi rasmiy saytida ham e’lon qilingan.

Loyiha mualliflari tamaki sotib olish yoshini bosqichma-bosqich ko‘tarishni taklif qilishmoqda. 2020-yil 30 yoshgacha, 2021-yil 40 yoshgacha, 2022-yil 50 yoshgacha, 2023-yil 60 yosh va 2024-yil 100 yoshgacha bo‘lgan kishilarga sigaret mahsulotlari sotmaslik tavsiya qilingan. Bu tashabbusga chekishning sog‘liq uchun xavfli ekanligi sabab qilib keltirilgan.

Hozirda Gavayida tamaki mahsulotlarini sotib olish uchun 21 yoshga to‘lgan bo‘lish lozim.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring