24 mamlakat boylari o‘zlariga oshirilgan soliq joriy etishni talab qilishdi
Davos forumi ishtirokchilariga ochiq xat yo‘llagan 24 mamlakatda yashovchi 400 ga yaqin boy-badavlat kishilar va mashhurlar milliarderlar va multimillionerlar uchun oshirilgan soliq joriy etishni talab qilishdi.
Murojaatga ko‘ra, misli ko‘rilmagan boylik demokratiyaga putur yetkazmoqda, tengsizlikni chuqurlashtirmoqda va iqlim inqirozini kuchaytiryapti.
Avvalroq Oxfam 2025-yilda milliarderlarning boyligi 16 foizga o‘sib, rekord darajadagi 18,3 trillion dollarga yetganini, ularning boyish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan uch baravar tezlashganini ma’lum qilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter