Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi har oltinchi odam bepusht hisoblanadi

Dunyodagi har oltinchi odam bepusht hisoblanadi

Sayyoramizdagi har oltinchi odam, aholining 17,6 foizi bepushtlikdan aziyat chekadi.

Bu haqda urolog, androlog, Sechenov universiteti Urologiya va reproduktiv salomatlik instituti dotsenti Dmitriy Korolev ma’lum qildi.

Bu ma’lumot har yili 12 fevralda nishonlanadigan Butunjahon reproduktiv salomatlik kuni arafasida e’lon qilindi.

“So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab aholining 17,6 foizi bepusht hisoblanadi. Ya’ni har oltinchi odam — u ayol yoki erkak bo‘lsin — bepusht”, deydi mutaxassis.

Uning ta’kidlashicha, erkaklar bepushtligining sabablari orasida genetik anomaliyalar, varikotsele, semizlik va arterial gipertenziya, qandli diabet kabi bir qator kasalliklar ustunlik qiladi. Shuningdek, ushbu muammoda erkaklar va ayollarning ulushi taxminan teng ekani ta’kidlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring