Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Livanda 2-martdan buyon 826 kishi halok bo‘ldi

Livanda 2-martdan buyon 826 kishi halok bo‘ldi

Foto: Instagram

Livan sog‘liqni saqlash vazirligi Isroil va «Hizbulloh» o‘rtasidagi to‘qnashuvlar qurbonlari haqidagi yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi.

Idora bayonotiga ko‘ra, 2-martdan buyon davom etayotgan harbiy harakatlar oqibatida 826 kishi halok bo‘lgan, 2009 kishi jarohatlangan.

Halok bo‘lganlarning 106 nafari bolalar, 65 nafari ayollardir.

Isroil Livanga tahdid solishda davom etmoqda. «Hizbulloh» harakati qurolsizlantirilmasa, Livan infratuzilmasiga misli ko‘rilmagan ziyon yetkaziladi va hududining bir qismidan ayriladi, deya bayonot berdi Isroil mudofaa vaziri Kats.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring