Qirg‘izistonda Xavfsizlik kengashi kotibi ham lavozimidan olindi
Rustam Mamasadikov Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimidan ozod etilib, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Xavfsizlik qo‘mitasining o‘rinbosarlari Kurvanbek Avazov (birinchi o‘rinbosar), Daniel Risaliyev va Elizar Smanov lavozimlaridan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchibek Tashiyev Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi ishdan olingandi.
Prezident Sadir Japarov Tashiyevning bo‘shatilishiga izoh berarkan, "Avvalambor, men bu qarorni davlatimiz manfaatlarini ko‘zlab, jamiyatda, shu jumladan, davlat tuzilmalari o‘rtasida bo‘linishga yo‘l qo‘ymaslik, aksincha, birdamlikni mustahkamlash maqsadida qabul qildim," — degandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter