Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreyaga koronavirus endi yetib bordi

Shimoliy Koreyaga koronavirus endi yetib bordi

Foto: Yonhap.

KXDR hududida rasman ilk bor koronavirus yuqtirish holati qayd etildi. 

Bu haqda Yonhap agentligi Koreya markaziy telegraf agentligiga asoslanib xabar bergan.

Mamlakat rahbari Kim Chen In shu munosabat bilan siyosiy kengashning muhim yig‘ilishini chaqirdi. Unda mamlakatda virus tarqalishiga maksimal choralar ko‘rish va chegaralarda nazoratni kuchaytirish topshirig‘i berilgan. 

Qayd etilishicha, bemorda «omikron» shtammi qayd etilgan. Janubiy Koreya hukumati qo‘shnisiga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan. 

Shimoliy Koreya shu vaqtga qadar koronavirus rasman qayd etilmagan kam sonli davlatlardan biri bo‘lib kelayotgandi. 2020-yil iyulida koronavirus yuqtirgan bemorlarda biri noqonuniy chegaradan o‘tgani taxmin qilingan, ammo bu ma’lumot tasdiqlanmagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring