Tramp Barak Obamani qamoqqa olishga chaqirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zidan oldingi prezident Barak Obamani Rossiya bilan hamkorlik qilgani bo‘yicha unga qarshi soxta ayblovlarni ilgari surishda aybladi. Uning fikricha, Obama hibsga olinishi kerak.
Donald Tramp 29-yanvar kuni Truth Social ijtimoiy media platformasida Barak Obamani hibsga olishga chaqiruvchi post yozdi.
«Bu Barak Obama va uning sheriklari tomonidan amalga oshirilgan to‘ntarishga urinish edi. Obamani hoziroq hibsga olish kerak», deb yozgan Tramp.
Prezident Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbard «Rossiya ishi bo‘yicha yuzlab shov-shuvli hujjatlarni» e’lon qilganini qo‘shimcha qildi. Uning ta’kidlashicha, ular Barak Obama «shaxsan Markaziy razvedka boshqarmasi agentlariga unga qarshi yolg‘on razvedka ma’lumotlarini uyushtirishni buyurgan»ligini isbotlaydi.
2025-yilda AQSh Milliy razvedka agentligi Barak Obama prezidentligi davrida razvedka ma’lumotlarini soxtalashtirish bo‘yicha hisobot e’lon qildi. Hujjatlarda Rossiyaga qarshi 2016-yilgi saylovlarga aralashish ayblovlari uydirma ekanligi xulosa qilingan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter