Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda 500 mln yil avval yashagan 91 ta yangi tur topildi

Xitoyda 500 mln yil avval yashagan 91 ta yangi tur topildi

Foto: Reuters

Paleontologlar Xitoyning Xunan provinsiyasida 500 million yillar avval yashagan va shu vaqtgacha fanga noma’lum bo‘lgan yuzga yaqin jonivor turlarini topishdi, deb xabar berdi CBS News nashri.

Tadqiqotchilar 50 mingga yaqin qazilma namunalarini yig‘ishga muvaffaq bo‘lishdi. Tahlillar natijasida jami 153 ta tur aniqlangan, ularning 91 tasi fan uchun butunlay yangilikdir.

Olimlarni eng hayratga solgan jihat — jonivorlarning yumshoq to‘qimalari (ko‘zlar, jabralar, ichaklar va hatto asab tizimi) deyarli o‘zgarishsiz saqlanib qolgani bo‘ldi. Odatda millionlab yillar davomida faqat suyak yoki qattiq qobiqlar saqlanadi, ammo bu yerdagi sharoit nozik organlarning ham konservatsiya bo‘lishiga imkon bergan.

Taxminlarga ko‘ra, bu hayvonlar taxminan 513 million yil avval, Yerdagi birinchi yirik qirilib ketish davridan keyinroq yashagan. Topilmalar dengiz ekotizimlari bio xilma-xillik keskin qisqarishidan so‘ng qanday tiklanganini tushunishda yordam beradi.

Topilgan organizmlar orasida chuvalchanglarning qadimgi qarindoshlari, meduzalar, bulutlar (dengiz jonivori) va ko‘plab bo‘g‘imoyoqlilar bor. Ularning bir qismi ilgari faqat Kanadadagi topilmalar orqali ma’lum bo‘lgan, bu esa qadimgi dengiz hayvonlarining keng tarqalganligini ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring