Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YHXBB zarurat bo‘lmasa tunda harakatlanmaslikni so‘radi

YHXBB zarurat bo‘lmasa tunda harakatlanmaslikni so‘radi

Respublikamiz hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi, avtomobil yo‘llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi, yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi hamyurtlarimizdan extiyot bo‘lishni so‘ramoqda.

IIV yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida, ayniqsa dovon yo‘llarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmasliklarini, zarurat bo‘lmaganda tunggi vaqtlarda harakatlanmaslikni, piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishlarini, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so‘raydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring