Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada komaga tushgan bloger vafot etdi

Farg‘onada komaga tushgan bloger vafot etdi

Feysbukdagi «Qo‘qonjonim» sahifasi moderatori Iqboljon Komiljonov zaharlanib, komaga tushgani yuzasidan xabarlar berilgandi. 

Bugun.uz nashrining ma’lumotiga ko‘ra, bloger vafot etgan. 

Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Husan Mamajonov uning o‘limi tafsilotlarining bir qismini ma’lum qildi.

«Iqbol Komiljonov 8 kundan beri kasallik bilan kurashishimizga qaramasdan vafot etdi. Hozirgi kundagi barcha diagnostik davolash ishlarini amalga oshirdik. Afsuski, kasallik o‘z kuchini ko‘rsatib, vatandoshimiz vafot etdi. Iqbol Komiljonov 7-sentyabr kuni og‘ir ahvolda shifoxonaga kelishi bilan reanimatsiyaga olingandi. Unga ikki tomonlama pnevmoniya, qandli diabetning 2-turi, yurak ishemik kasalligining ikkinchi turi hamda nafas va qon aylanish tizimining buzilishi tashxisi qo‘yilgandi», — deydi Husan Mamajonov.

Qayd etilishicha, Iqbol Komiljonov ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahridagi muammolarni, kamchiliklarni yoritib borishi bilan tanilgan. Bloger kasalxonaga tushgan vaqtida unga ovqatdan zaharlanish tashxisi qo‘yilgan. Bemorning yaqinlariga ko‘ra, u Farg‘ona viloyati shifoxonasi reanimatsiya bo‘limida 4 kundan buyon koma holatida qolyotgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring