Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuror sayyor qabulidan so‘ng 38 ta sud qaroriga protest kiritildi

Bosh prokuror sayyor qabulidan so‘ng 38 ta sud qaroriga protest kiritildi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida prokuratura organlarining joriy yil dastlabki besh oylik faoliyati yuzasidan bo‘lib o‘tgan brifingda Bosh prokuror tomonidan joylarda o‘tkazilgan sayyor qabullar va ularning natijalari xususida ham  gapirildi.

Ta’kidlandiki, sayyor qabullarda  o‘ttiz uch ming nafardan ko‘p fuqarolar arzi tinglanib, 13 ming nafar fuqaroning muammosi joyida hal etilgan. Sayyor qabullar davomida fuqarolarning sud qarorlaridan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari ko‘rib chiqilishi natijasi 38 ta «delo» bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlariga nisbatan kassatsiya va nazorat tartibida protest kiritildi. Hozirda  protestlarning 26 tasi qanoatlantirilgan bo‘lib, 12 ta protest sud muhokamasida ko‘rilmoqda.

Shu o‘rinda  mahkama tomonidan o‘tgan besh oyda davomida sud qarorlariga nisbatan  kiritilgan protestlar haqida ikki og‘iz.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, ushbu davrda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda  259 nafar shaxs jinoyat sodir etganlikda aybsiz deb topilib, oqlangan. Shundan, 73 nafar shaxs bevosita prokuratura organlari tashabbusi bilan reabilitatsiya qilinib, ularning buzilgan huquqlari tiklangan. Prokurorlarning protestiga asosan 693 ta (165 ta apellyasiya, 383 ta kassatsiya, 100 ta nazorat va 45 ta xususiy) noqonuniy sud qarorlari o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan.

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha  sudlarga 750 ta (24.631.552 so‘mlik) prokuror da’vo arizalari kiritilib, shundan 715 tasi qanoatlantirilgan, 23 tasi rad etilgan,

4 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 8 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan. Mazkur sudning apellyasiya instansiyasida jami 1.146 ta ishlar ko‘rilgan bo‘lib, shundan 261 tasi bekor qilingan bo‘lsa, 145 tasi o‘zgartirilgan. Bu bosqichda ko‘rilgan ishlarning 85 tasi prokuror protestlari asosida bekor qilingan va o‘zgartirilgan. Kassatsiya instansiyasida 201 ta qarorlarining bekor qilingani (yoki o‘zgartirilgani) ham  prokuror protestlariga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida jami 277 ta ishlar ko‘rilgan bo‘lib, 150 tasi bekor qilingan hamda 47 tasi o‘zgartirilgan. Shundan, prokuror protestlari asosida bekor qilinganlari 12 tani tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida jami 12 ta xo‘jalik ishi ko‘rilgan bo‘lsa, ularning yarmidan ko‘prog‘i prokuror protestlari asosida bekor qilingan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning turli bosqichlarida 514 ta sud qarorlari prokuror protestlariga asosan qonunga muvofiqlashtirilgani (apellyasiya-96, kassatsiya-392, nazorat-26) aytiladi.

Ma’muriy sudlarga fuqaro, tadbirkor va davlat manfaatlarini ko‘zlab, jami 66 ta  prokuror arizalari kiritilgan. Shuningdek, ma’muriy sudlarning apellatsiya, kassatsiya, nazorat bosqichlarida prokuror protestlari asosida 369 ta sud qarori bekor qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring