Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozarbayjonda ayirmachilarga hukm o‘qildi

Ozarbayjonda ayirmachilarga hukm o‘qildi

Boku harbiy sudida Armaniston fuqarolariga nisbatan olib borilayotgan sud jarayoni doirasida hukmlar e’lon qilinmoqda.

APA axborot agentligi xabar berishicha, sud jarayonida ayblanuvchi Madat Babayan umrbod ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi jinoyatlarda aybdor deb topildi. Biroq Ozarbayjon Respublikasi Jinoyat kodeksi talablariga ko‘ra, hukm chiqarilayotgan paytda u 65 yoshga to‘lgani sababli unga umrbod jazo tayinlash imkoni bo‘lmadi. Sud qaroriga asosan, Madat Babayan 19 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Davlat ayblovchilari unga 20 yillik jazo tayinlashni so‘ragan edi.

Shuningdek, Boku harbiy sudida Arkadiy Gukasyanga nisbatan ham hukm e’lon qilindi. U ham umrbod qamoq jazosini nazarda tutuvchi jinoyatlarda ayblangan bo‘lsa-da, 65 yoshga yetgani sababli unga umrbod jazo tayinlanmadi. Sud qaroriga ko‘ra, Arkadiy Gukasyan 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Davlat ayblovchilari aynan shu jazoni taklif qilgan.

Sud qarori bilan Bako Saakyan ham 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Bundan tashqari, ayblanuvchilar — David Ishxanyan, David Babayan, David Manukyan va Araik Arutyunyan umrbod ozodlikdan mahrum etildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur sud jarayoni Armanistonning harbiy tajovuzi natijasida sodir etilgan jinoyatlar doirasida olib borilmoqda. Armaniston fuqarolari Qorabog‘da tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar, harbiy jinoyatlar, jumladan tajovuzkor urushni tayyorlash va olib borish, genotsid, urush qonunlari va odatlarini buzish, terrorizm, terrorizmni moliyalashtirish, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallash va ushlab turish kabi o‘ta og‘ir jinoyatlarda ayblangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring