Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani bo‘yicha master-reja ishlab chiqiladi

Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani bo‘yicha master-reja ishlab chiqiladi

Foto: Xabar.uz

Qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, ijtimoiy xizmatlar, mehnat bozori va infratuzilmani markazdan uzoq mahallalar aholisiga yaqinlashtirish zarurligi qayd etildi

Urbanizatsiya agentligi va viloyat hokimligiga Yevropadan mutaxassislarni jalb qilib, Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanini yagona aglomeratsiya asosida rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish topshirildi. Bunda Sharof Rashidov tumani va Jizzax shahri o‘rtasidagi 40 gektar bo‘sh maydon tanlab olinadi va keyingi yildan ushbu massivda 1 ming 200 xonadonli 50 ta ko‘p qavatli uy quriladi. 

Master-rejada yangi massivda barpo etiladigan bog‘cha, maktab, shifoxona kabi ijtimoiy ob’yektlar, elektr, suv, yo‘l infratuzilmalari Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani aholisi uchun birdek xizmat qilishi, ikkita hududni bir-biri bilan bog‘laydigan yagona jamoat transporti tizimini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilishi kerak. 

Shu kunga qadar 200 mingdan ortiq aholisi bor Jizzax shahrida shahar shifoxonasi bo‘lmagan. Bugun Jizzax shahri Oqqo‘rg‘on mahallasida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi uchun qurilgan yangi bino bilan tanishildi. Endi viloyat shifoxonasining eski binosi o‘rnida shahar markaziy shifoxonasi va poliklinikasi tashkil etiladi. 

Mazkur ob’yektni keyingi yil investitsiya dasturiga kiritib, ta’mirlash va jihozlash uchun 20 milliard so‘m ajratish topshirildi. 

Massiv hududida yagona ma’muriy markaz qurib, Sharof Rashidov tumanidagi barcha 21 ta davlat tashkilotini shu yerga ko‘chirish zarurligi qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring