O‘zDJTUning mas’ul xodimi amerikalik sharqshunosga 20,6 mln so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi
Amerikalik sharqshunos Mark Reze mualliflik huquqi bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida g‘alaba qildi.
Gap shundaki, amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Reze Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» asarini 15 yil davomida ingliz tiliga tarjima qilgan. Universitet mas’ul xodimi esa uni ruxsatsiz elektron nusxasini yaratgan va unilibrary.uz tizimida tarqatgan.
Amerikalik olim bu masalada 2025-yilning noyabrida Adliya vazirligiga murojaat qilgan va vazirlik ishni sudga oshirgan. Sud esa mas’ul xodimga nisbatan 2 mln 60 ming so‘m miqdorida jarima belgilab, asarning elektron nusxasi unilibrary.uz tizimidan o‘chirish talabini qo‘ygan.
Mark Reze esa O‘zbekiston qonunchiligida nazarda tutilgan tartibga ko‘ra, sudga tovon to‘lash haqida ariza kiritgan.
Sud qaroriga ko‘ra esa endi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mas’ul xodimi da’vogarga BHMning 50 baravari miqdorida – 20 mln 600 ming so‘m tovon to‘laydi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter