Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

100 mingdan ko‘proq fuqaro tibbiy kuzatuv ostida, 7 bemorning ahvoli og‘ir

100 mingdan ko‘proq fuqaro tibbiy kuzatuv ostida, 7 bemorning ahvoli og‘ir

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalingan bemorar haqida ma’lumot berdi.

– Ayni paytga kelib, koronavirus kasalligi bilan ro‘yxatga olingan bemorlarning soni 298 nafarni tashkil etdi. Keyingi kunlarda kasallik aniqlanayotgan bemorlarning barchasi statsionar sharoitda karantin muddatini o‘tayotgan fuqarolarimiz orasidan aniqlanyapti. Statsionar va uy sharoitida 100 mingdan ko‘proq fuqaro tibbiy kuzatuv ostida turibdi. Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti rahbariyati bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 85 bemorning 22 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti. 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining esa ahvoli nisbatan og‘ir, deb baholanmoqda. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 35 bemordan 1 nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanyapti. Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir, deb baholangan bemorlar intensiv-terapiya muolajalariga o‘tkazilgan.

Hurmatli yurtdoshlar!

Dunyo hamjamiyatida koronavirus kasalligi bo‘yicha vaziyat murakkabligicha saqlanib turibdi. Mamlakatimizda kasallik keng ko‘lamda tarqalib ketmasligi uchun bemorlar va ular bilan muloqotda bo‘lganlarni hamda epidemik noxush hududlardan olib kelingan shaxslarni alohidalash tadbirlari nechog‘lik to‘g‘ri o‘tkazilganligiga guvoh bo‘lib turibmiz. Shunday ekan, har birimiz karantin tadbirlariga to‘liq rioya qilishimiz, ortiqcha muloqotdan cheklanishimiz, uyda qolishimiz kerak! Qachonki, kasallik bir odamdan ikkinchi odamga yuqishiga yo‘l qo‘ymasak, epidemik vaziyatni jilovlay olamiz. Aks holda, vaziyat murakkablashib ketishi mumkin.

O‘zA

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring