Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazmda Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatr ochildi

Xorazmda Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatr ochildi

Bugun, 28 sentyabr kuni XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Xorazm viloyatida birinchi kinooperator, o‘zbek kinosi darg‘asi Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatr ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov, O‘zbekiston xalq artisti Matyoqub Matchonov, taniqli kinorejissyor Hilol Nasimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhammadali Abduqunduzovlar so‘zga chiqib, Xudoybergan Devonovning kinochilik rivojiga qo‘shgan hissasi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini, kelajak avlod uning boy madaniy merosidan uzoq yillar davomida foydalanish imkoniyatiga ega ekanini ta’kidlab o‘tishdi.

Ochilish marosimi davomida mehmonlar uchun fotoko‘rgazma bilan birga operator hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy kecha tashkil qilindi.

Marosim doirasida Xudoybergan Devonov nomiga «Turksoy» oliy mukofotining topshirilishi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng «Birinchi qaldirg‘och» filmi namoyish etildi.

Shuningdek, kun davomida Urganch shahrida bunyod etilgan, aynan «Xiva Langari» filmining suratga olish jarayonlari o‘tkazilayotgan kino shaharchasining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Unda xorijiy delegatsiyalar vakillari, film ijodkorlari, kinoshunoslar, OAV xodimlari va boshqalar ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring