Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

100 nafar o‘zbekistonlik hajga bepul yuboriladi

100 nafar o‘zbekistonlik hajga bepul yuboriladi

Foto: Yuz.uz

Prezident tashabbusi bilan 100 nafar o‘zbekistonlik «Prezident hojisi» sifatida haj safariga bepul yuborilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, bepul haj yo‘llanmalari turli sohalar vakillariga, jumladan, mahalla raislari, ilm-fan, tibbiyot, xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritgan fidoyi fuqarolarga taqdim etilgan. Ular orasida og‘ir yillarda diniy sohada mehnat qilgan insonlarning yaqinlari ham bor.

«Prezident hojisi» dasturi doirasidagi tantanali tadbirlarda haj yo‘llanmalari egalariga topshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilgi haj mavsumi 2 maydan 18 mayga qadar davom etadi. Mavsum doirasida 15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik muqaddas ziyoratni amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘natilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring