Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2010—2019-yillarning muhim voqealari fotosuratlarda

2010—2019-yillarning muhim voqealari fotosuratlarda

Kollaj

Turli mamlakatlar siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar, terrorizmga qarshi kurash, tabiiy ofatlar, sport musobaqalaridan yorqin lahzalar — 2010—2019-yillar fotosuratlarida.

Foto: «Reuters»

2010-yilning 20-dan 21-martga o‘tar kechasi Islandiyadagi Eyyafyatlayokudl vulqoni uyg‘ondi. Yevropa osmonini qoplagan qora tutun ancha paytgacha aviaqatnovlar muntazamligini izdan chiqardi.


Foto: «Reuters»

Yaponiyaning Xonsyu oroli sharqiy sohillarida 2011-yil 11-mart kuni avvaliga kuchli zilzila, keyin sunami sodir bo‘lib, yapon arxipelagining shimoliy qismida o‘zidan ulkan vayronagarchiliklar qoldirdi. Rasmiy ma’lumotlarda tabiiy ofat oqibatida 15 mingdan ziyod inson halok bo‘lgani aytiladi. Yuqoridagi suratda Ivate prefekturasida joylashgan Miyako shahriga ulkan to‘lqin yaqinlashayotgani aksini topgan.


Foto: «Hello!»

London, 2011-yil 29-aprel. Britan shahzodasi Uilyam va Keyt Middlton turmush qurishdi.


Foto: «Reuters»

Barak Obama ma’muriyati a’zolari terrorchi Usama bin Lodinning yo‘q qilinishi operatsiyasini Oq uyda turib kuzatishyapti. 2011-yilning 2-may kuni amerikalik harbiylar tomonidan terrorchi o‘z uyida o‘ldirildi.


Foto: «Reuters»

Anders Breyvik 2011-yilning 22-iyul kuni Oslodagi hukumat binolaridan birida bomba portlatdi. Keyin esa Norvegiya sotsial-demokratik ishchilar partiyasi yoshlar qanoti a’zolari yig‘ilgan Utyoya oroliga borib qurolli hujum uyushtirdi. 77 kishi, asosan o‘smirlar, Breyvik  qurbonlariga aylandi.


Foto: «Reuters»

2011-yilning 17-dekabr kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Ir vafot etdi. Uning o‘rnini uchinchi o‘g‘li Kim Chen In egalladi.


Foto: «Reuters»

2012-yilning 14-yanvar kuni «Kosta Konkordiya» sayyohlik kemasi Jilo orolidagi  Jilo-Porto qishlog‘i yaqinida falokatga yo‘liqdi: yoni teshilib cho‘ka boshladi. Kema bortida 4200 kishi bor edi, shulardan 32 nafari halok bo‘ldi.


Foto: «Reuters»

Vatikan. 2013-yil 11-fevral. Fransiskdan oldingi Rim papasi — Benedikt XVI (Yozef Aloiz Ratsinger) so‘nggi 600 yilda bu mansabni o‘z xohishi bilan tark etgan birinchi papa bo‘ldi. Voqea 85 yoshni qarshilagan pontifikning salomatligi yomonlashgani bilan izohlandi.


Foto: «Globallookpress»

2014-yil fevrali. Kiyevdagi qonli Maydon voqealari boshlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ur-to‘polonlarda 100 dan ortiq inson halok bo‘lgan.


Foto: «Krym.news»

2014-yil mart oyida Qrim Rossiyaga qo‘shildi.


Foto: «Reuters»

2015-yilda Shimoliy Yevropa, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlaridan Yevropa ittifoqiga kirib kelayotgan qochoqlar va noqonuniy migrantlar oqimi ko‘p karra oshib ketdi.


Foto: «Reuters»

Janubiy afrikalik mashhur yuguruvchi-paralimpiyachi Oskar Pistorius sud zalida. Bexosdan o‘z tanish qizi Reva Stinkampni otib qo‘ygan sportchi 13 yil-u 5 oyga qamaldi.


Foto: «Reuters»

2016-yil avgust, Rio-de-Janeyro olipiadasi. 100 metrga yugurishda raqiblaridan o‘zib ketgan Useyn Boltning tabassumi.


Foto: «Globallookpress»

2017-yil 20-yanvar.  AQShning 45-prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasi.


Foto: «Reuters»

2017 yil 17 aprel. Kanadaning Nyufaundlend orolidagi Ferrilend qishlog‘iga ulkan aysberg suzib keldi.


Foto: «Reuters»

Vindzor qasri, 2017-yil 19-may. Britan shahzodasi Garri hamda Megan Markl nikohdan o‘tishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring