Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

9 millionlik Tojikiston aholisi nimalar bilan mashg‘ul?

9 millionlik Tojikiston aholisi nimalar bilan mashg‘ul?

Foto:«Today.tj»

Tojikistonning «Asia Plus» nashri mamlakat prezidenti qoshidagi statistika bo‘yicha agentlikka asoslanib, 9 milliondan ziyod aholining qaysi sohalarda bandligi, ish haqi va mamlakatdagi ishsizlik xususida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Tojikistonda hozirda 2 million 368 mingdan ziyod ishchi kuchi mavjud va ularning 45 foizi qishloq xo‘jaligida mehnat qiladi. Taxminan 80 foiz ishchilar past ish haqi to‘lanadigan sohalarda ishlaydi. 20,1 foiz kishi ta’lim sohasida, 9,5 fozi esa sog‘liqni saqlashda faoliyat yuritadi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligida o‘rtacha ish haqi 617 somoni (65 dollar), sog‘liqni saqlashda 817 somoni (86 dollar) va ta’limda 933 somoni (99 dollar)ni tashkil etadi. Tog‘-kon sanoatida ishlovchilar o‘rtacha 2 ming 404 somoni (264 dollar), qurilishda ishlovchilar 2 ming 605 somoni (276 dollar) oladilar. Mamlakatdagi o‘rtacha ish haqi 1 ming 324 somoni (140 dollar)ni tashkil etadi.

Mamlakatda rasman 52 ming nafar ishsiz borligi ma’lum qilingan. Ammo bir milliondan ziyod Tojikiston aholisi Rossiyada ishlashi aytiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring