Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aliment puli qanday belgilanadi va nimaga asoslanib oshadi?

Aliment puli qanday belgilanadi va nimaga asoslanib oshadi?

«Asalomu alaykum. Bir savolim bor edi. Aliment masalasi bo‘yicha. Aliment puli qanday belgilanadi va nimaga asoslanib oshadi? Shu haqda ma’lumot bera olasizmi?».

Oila kodeksiga ko‘ra, agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi; ikki bola uchun — uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun — yarim miqdorida undiriladi. Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.

Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Daromad oshsa, aliment miqdori ham oshadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring