Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andrey Kubatinning opasi ukasi o‘limida kimnidir qo‘li bor deb hisoblaydi

Andrey Kubatinning opasi ukasi o‘limida kimnidir qo‘li bor deb hisoblaydi

Andrey Kubatin o‘limidan bir necha kun oldin Zangiota tumanidagi kasalxonada.

Foto: Gazeta.uz

Koronavirusdan vafot etgan sharqshunos olim Andrey Kubatinning opasi Klara Saxarova olimning o‘limi juda g‘alati bo‘lgani, bunda kimnidir qo‘li borligidan gumonda ekanini bildirdi.

«Gazeta.uz»ga bergan intervyusida u shunday deydi:

«Uning o‘limi juda g‘alati. Bunda kimnidir qo‘li borligi albatta, mening shaxsiy fikrim. Ha, [буни исботлаш қийин]. Unda kovid tasdiqlandi, ammo menda o‘pkaning 5−10% zararlangani to‘g‘risida MSKT bor. Biz uni Zangiotaga olib keldik. Uchinchi kuni u o‘zini yomon his qildi, zararlanish 50%dan oshdi. Janjaldan keyin u reanimatsiyaga o‘tkazildi. Biz qimmatbaho dorilarni sotib oldik. Gap pulda emas, yordam berganida edi…

U tuzala boshladi, 20-oktyabrgacha hammasi yaxshi edi. U ikki kundan keyin niqobi olib tashlanishini aytdi. 20-kuni esa tungi smena o‘zgardi. O‘sha kundan boshlab uning sog‘lig‘i yomonlasha boshladi, yomonlashaverdi, yomonlashaverdi. Shifokorlardan uning o‘lishi muqarrarligidan tashqari hech nima eshitmadik. 27 oktyabr kuni men kun bo‘yi u yerda edim. Ular menga kostyum berishdi, yarim soatga ruxsat berishib, unutishdi. Kechgacha u bilan birga bo‘ldim va undan ko‘p ma’lumot oldim. U gapirardi. Ketishdan oldin dori berish uchun jovonchani ochdim. Barcha dorilar ishlatilmagan holda yotardi. Ular unga birgina tramadolni suyuq holda berishgan, chunki unda vahima xuruji bo‘lgan».

Shuningdek, Klara Saxarova ukasining nohaq qamalgani uchun talab qilingan 560 million so‘m o‘rniga 462 ming so‘m miqdoridagi moddiy tovon puli to‘g‘risidagi sud qaroridan norozi bo‘lib, shikoyat arizasi yozmoqchiligini bildirgan.

Olim hali hayotligida O‘zbekiston harbiy sudiga 560 million so‘m miqdorida moddiy zararni qoplash to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan. 10 dekabr kuni Andrey Kubatinning opasi Klara Saxarova pochta orqali sud qarorini olgan, unga ko‘ra tovon puli 462 ming so‘mni tashkil etadi, shundan 446 ming so‘m davlat boji to‘lovi uchun, 16 ming so‘m pochta xizmati uchun saqlab qolingan. Klara Saxarova sud qarori ustidan apellyasiya bergan va ma’naviy zarar qoplanishi uchun hujjatlar tayyorlamoqda.

«Men sud qarori ustidan shikoyat qilaman [моддий зарар бўйича]. Endi buni qilishga majburman. Uning bolasi yetim qoldi. Uni katta qilish kerak, oyoqqa turg‘azish kerak. Men to‘rt kun oldin harbiy sudga apellyasiya shikoyati bilan murojaat qildim. Ertaga men ma’naviy zarar uchun ham hujjatlar to‘plamini tayyorlayman.

Men to‘xtamayman. Ukamni qamatgan odamlar javob berishlari kerak. Bugun ular buni mening ukamga, ertaga boshqasiga qilishadi. Birovning onasi yig‘lashini, kimningdir xotini beva qolishini, bolalari yetim bo‘lishini istamayman», - deydi Klara Saxarova.

Eslatib o‘tamiz, tarixchi olim, turkiy xalqlar tarixiga oid uchta monografiya va saksondan ortiq ilmiy maqolalar muallifi Andrey Kubatin oktyabr oyi oxirlarida vafot etgandi.

Uning hamkasbi yosh olim pandemiya qurboni bo‘lganini aytgandi.

Qiyin kunlarni boshidan o‘tkazgan olim 2017-yilda Jinoyat kodeksining 157-moddasi, ya’ni davlatga xoinlik qilishda ayblanib, 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Bunga bir kishining huquq-tartibot organlariga yo‘llagan tuhmat xati sabab bo‘lgan.

Olim o‘zining aybsizligini isbotlash uchun 2,5 yil kurashadi. Nihoyat, 2019-yil 26-sentyabrda A.Kubatin Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi appelyasiya instansiyasida reabilitatsiya qilinadi va sud zalidan ozodlikka chiqarilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring