AQSh 75 davlat fuqarolariga viza berishni to‘xtatadi
AQSh 75 mamlakat fuqarolari uchun immigratsion vizalarni rasmiylashtirishni to‘xtatib qo‘yishini e’lon qildi, deb xabar beradi AFP.
Agentlikning ta’kidlashicha, bu Prezident Donald Trampning mamlakatga kirishni istagan chet elliklarga qarshi yangi harakatidir.
Qo‘shma Shtatlar 75 mamlakat fuqarolari uchun immigratsion vizalarni rasmiylashtirishni to‘xtatib qo‘ymoqda, deb tasdiqladi Davlat departamenti vakili AFP agentligiga.
Tramp vakili va matbuot kotibi Kerolin Levitt viza turini ko‘rsatmasdan, X ijtimoiy media platformasida shunday deb yozdi:
«Qo‘shma Shtatlar Somali, Rossiya va Eron kabi 75 mamlakat fuqarolari uchun barcha vizalarni rasmiylashtirishni muzlatib qo‘ymoqda».
Levitt postga xabariga Fox News telekanali havolasini ilova qildi. Telekanal 21 yanvar kuni 75 mamlakat fuqarolari uchun vizalarni rasmiylashtirish noma’lum muddatga to‘xtatilishi haqida xabar bergan birinchi manba bo‘ldi.
O‘zbekiston nomi hozircha ro‘yxatda yo‘q.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter