Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh marsoxodi «qizil sayyora»ga qo‘nishga muvaffaq bo‘ldi

AQSh marsoxodi «qizil sayyora»ga qo‘nishga muvaffaq bo‘ldi

AQShning Perseverance nomli Marsga yuborilgan havo kemasi sayyora hududiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. NASA to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir tufayli qurilmaning qo‘nishini kuzatish imkonini taqdim etdi. «Qo‘nish tasdiqlandi. Perseverance Mars yuzasida yaxshi o‘rnashib oldi», - dedi translyasiya diktori. Qurilma 2020-yil iyulida ishga tushirilgan va shu yilning yozida Yerdan Marsga yuborilgan Xitoy va BAA zondidan keyin uchinchi havo kemasi bo‘lgan.

Perseverance 2012-yildan buyon sayyoradagi Curiosity kemasiga nisbatan 14 foiz og‘irroq va avvalgisiga qaraganda ancha murakkab ishlangan. Qurilma Marsning quruq va sovuq sayyoraga aylanishining sabablarini tushunish maqsadida hayot izlarini izlaydi va sayyora geologiyasini o‘rganadi.

Bundan tashqari, unda odamlarning kelajakdagi sayyoraga ekspeditsiyalari uchun foydali bo‘lgan bir qator tajribalar o‘tkaziladi. Masalan, MOXIE eksperimenti 96 foiz karbonat angidrid gazi bo‘lgan Mars atmosferasidan kislorod olish imkoniyatini ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

«Kema qo‘ngan hududning kengligi 28 milni tashkil qiladi va yon bag‘irlari ko‘plab potensial to‘siqlarga ega. Tog‘li joylar, tepaliklar, kraterning o‘z devorlari. Agar kema shu devorlardan biriga qo‘nsa, bu butun missiya uchun falokatga aylanishi mumkin», - deydi NASA reaktiv harakatlanish laboratoriyasi vakili Endryu Jonson.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring