Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT bosh kotibi pandemiya sharoitidagi uchta xavfni sanab o‘tdi

BMT bosh kotibi pandemiya sharoitidagi uchta xavfni sanab o‘tdi

Foto: EPA

Koronavirus pandemiyasi kishilarning jamiyat institutlariga ishonchini pasaytirib yuboradi, hukumatning suiiste’mol qilinishiga, iqtisodiy notenglikning yanada chuqurlashishiga olib keladi. BMT Xavfsizlik kengashining 12-avgust kuni bo‘lib o‘tgan onlayn yig‘ilishida BMT rahbari Antoniu Guterrish ana shularni ta’kidladi.

Guterrish birinchi navbatda mamlakatlar hukumatlari va jamiyat institutlariga ishonchning pasayib ketishidan xavotirda. Pandemiya global iqtisodiy tartib barqarorligiga putur yetkazishini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi.

«Misli ko‘rilmagan jahon iqtisodiy inqirozi oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik chuqurlashishidan qattiq tashvishdaman», — dedi Guterrish

Bosh kotib pandemiyadan hukumatning suiiste’mol qilinishida foydalanilishiga mutlaqo qarshi ekanini ham ma’lum qildi.

«Oxirgi kunlarda qator mamlakatlarda tinch namoyishlar bo‘lib o‘tdi, biroq namoyishlarni kuch bilan bostirish va repressiyalarda pandemiyani dastak qilib olgan mamlakatlar ham yo‘q emas», — ta’kidladi BMT rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring