Bugun O‘zbekistonda rekord ko‘rsatkich qayd etildi
Shu soatlarda poytaxtimizdagi tibbiyot muassasalarida yana 102 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Avval habar berganimizdek, 68 nafar shifo topgan bemorlar bilan birgalikda bugun Toshkentda yana 102 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘lib, ularning soni 170 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan 2737 nafar bemor sog‘aydi.
Bugun yurtimizda 192 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi. Shu tariqa shifokorlarimizning fidoyiligi sabab bugun sog‘ayishning rekord ko‘rsatkichi qayd etildi.
Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4877 nafarni tashkil etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter