Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir kuzatilishi mumkin

Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir kuzatilishi mumkin

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yomg‘ir kuchli bo‘lib, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.

Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-27° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring