Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Soliq boshqarmasi xodimi oilasida uch egizak tug‘ildi

Soliq boshqarmasi xodimi oilasida uch egizak tug‘ildi

Foto: Xabar.uz

Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi 31 yoshli ayol bir yo‘la uch egizak farzandni dunyoga keltirdi. Voqea Buxoro shahar tug‘uruq majmuasida qayd etilgan.

Ma’lum qilinishicha, 1995-yilda tug‘ilgan Dilrabo Latipova o‘zining uchinchi bor ona bo‘lish jarayonida ikki qiz va bir o‘g‘ilni dunyoga keltirgan. Shifokorlar chaqaloqlarning salomatligi va vaznini qoniqarli, deya baholamoqda. Xususan, o‘g‘il bola 2400 gramm, qizaloqlar esa 2140 va 2200 gramm vaznda tug‘ilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uch egizakli homiladorlik yuqori xavf toifasiga kiradi va doimiy tibbiy nazoratni talab qiladi.

— Uch egizak homiladorlik alohida e’tibor va qat’iy nazoratni talab etadi. Homilador ayol muntazam shifokor kuzatuvida bo‘ldi. Tug‘uruq jarayoni muvaffaqiyatli o‘tdi. Ayni paytda ona va chaqaloqlarning ahvoli yaxshi, — deydi akusher-ginekolog Orasta Qilicheva.

Ma’lum bo‘lishicha, chaqaloqlarning otasi Umid Allayorov Buxoro viloyati soliq boshqarmasida faoliyat yuritadi. Egizaklarning dunyoga kelishi oiladagi farzandlar sonini besh nafarga yetkazdi.

Hozirda ona va uch egizak shifokorlar nazorati ostida parvarish qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring