Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diqqat: maktablarda qishki ta’til muddati uzaytirildi

Diqqat: maktablarda qishki ta’til muddati uzaytirildi

Foto: Xabar.uz

Umumta’lim maktablarida qishki ta’til kunlari 24-yanvargacha uzaytirildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi. 

Xalq ta’limi tizimidagi direktor, direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda pedagog-o‘qituvchilarning xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan Milliy o‘quv dasturlari asosida malakalarini oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, o‘quvchi - yoshlar o‘rtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin ko‘payishining oldini olish maqsadida xalq ta’limi vazirligi qishki ta’til kunlarini 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilganini ma’lum qiladi, deyiladi xabarda.

Ta’til kunlari davomida, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ular uchun onlayn fan olimpiadalar, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlar tashkil etiladi.

Bundan tashqari xalq ta’limining ijtimoiy tarmoqlari hamda Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Avalroq OTM talabalarining ta’til muddati 24-yanvargacha uzaytirilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring