Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endilikda yig‘ilgan soliqlar nimalarga sarflanayotganini kuzatishi mumkin bo‘ladi

Endilikda yig‘ilgan soliqlar nimalarga sarflanayotganini kuzatishi mumkin bo‘ladi

2026-yil 1-yanvardan boshlab «Ochiq budjet» axborot portalida jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan soliqlar hisobidan amalga oshiriladigan budjet xarajatlari ma’lumotlarini o‘zida aks ettiruvchi «Jismoniy shaxslarning soliqlari hisobidan xarajatlar» moduli ishga tushiriladi. 

Bunda:

  • jismoniy shaxs tomonidan muayyan davrda to‘langan daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘g‘risidagi ma’lumot;
  • to‘langan soliqlar evaziga Davlat budjetidan amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (xarajatlar yo‘nalishlari kesimida) doimiy ravishda e’lon qilib boriladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda mazkur modulni bir oy muddatda ishga tushiradi va unga foydalanuvchilarning yagona indentifikatsiya tizimi (One ID) orqali kirish imkoniyatini yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring