Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on saylovda g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Erdo‘g‘on saylovda g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Foto:«La Libre.be»

Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbulda o‘z tarafdorlari oldida qilgan chiqishi chog‘ida 24-iyun kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. Bu haqda «Le monde» nashri xabar qilmoqda.

«Norasmiy natijalar ma’lum va ular xalqning menga ishonch bildirganini ko‘rsatmoqda», — deya ma’lum qilgan Erdo‘g‘on.

Hozirgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Erdo‘g‘on 53 foizga yaqin ovoz to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqda. Uning asosiy raqibi, muxolifatdagi Xalq respublikachilar partiyasi Muharram Inje 30 foizga yaqin ovoz to‘plagan.

Shuningdek, muxolifat partiyasi saylovlar jarayonida qonun buzilishi holatlari yuz beganini iddao qilmoqda. Partiya vakillari mazkur natijalar soxta ekanini va saylov uchastkalaridagi partiya kuzatuvchilarining yuborgan ma’lumotlariga ko‘ra, Erdo‘g‘on 50 foizdan kam ovoz to‘plagani va ikkinchi turni o‘tkazish zarurligini aytishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda ro‘yxatga olingan 56 million saylovchining 90 foizi qatnashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring