Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil: Eron zarbalari oqibatida 192 kishi shifoxonaga tushdi

Isroil: Eron zarbalari oqibatida 192 kishi shifoxonaga tushdi

Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, so‘nggi 24 soat ichida Eron zarbalari natijasida 192 nafar kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Rasmiy ma’lumotlarda qayd etilishicha, 4 nafarning ahvoli o‘rta og‘ir, 177 nafar yengil jarohatlar bilan davolanmoqda va yana 11 kishining holatiga aniqlik kiritilmoqda.

Shuningdek, mamlakat SSVga ko‘ra, urush boshlanganidan beri jami 3 727 nafar kishi statsionar davolanishga muhtoj bo‘lgan.

«Hozirgi paytda jami 74 kishi shifoxonada qolmoqda. Ulardan 7 nafari og‘ir ahvolda, 12 nafari o‘rta va 54 nafari yengil jarohatlangan. Bir kishi esa vahimaga tushib qolgan», – deyiladi bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring