Isroil HAMASning yuqori darajali qo‘mondonini nishonga oldi
Isroil harbiylari G‘azo sektorida HAMASning «Al-Qassom» brigadasi rahbarlaridan biri Izz ad-Din al-Haddadga qarshi aviahujum amalga oshirdi.
Hozircha uning halok bo‘lgani yoki yaralangani rasman tasdiqlanmagan. HAMAS ham hujum yuzasidan hozircha izoh bermagan.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Israel Kats al-Haddadni 2023 yil 7 oktyabrdagi hujum tashkilotchilaridan biri deb atadi.
G‘azodagi mahalliy manbalarga ko‘ra, so‘nggi zarbalar oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘lgan va o‘nlab odam jarohat olgan.
Ayni paytda, oktyabrda e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay, mintaqada deyarli har kuni hujumlar davom etmoqda. Isroil va HAMAS esa bir-birini kelishuvni buzishda ayblamoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter