Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT maktablari bitiruvchilari IT markazlarda o‘qishni davom ettirishlari mumkin

IT maktablari bitiruvchilari IT markazlarda o‘qishni davom ettirishlari mumkin

IT maktablari bitiruvchilari mamlakatdagi IT markazlarda o‘qishni davom ettirishlari mumkin. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

IT-Parkda 147 ta IT-Markaz ochilgan bo‘lib, unda 40 255 dan ortiq kishi ta’lim olgan. Ushbu IT markazlarining ochilishi tufayli 294 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. Joriy yilda IT markazlar sonini 205 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, «One Million Uzbek Coders» keng ko‘lamli loyihasi ishga tushirildi, unda ikki yil davomida 469 260 foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi, 246 587 talaba guvohnoma va 176 883 nafari bitiruvchilar sertifikat oldi.

«One Million Uzbek Coders»  – IT-Park tomonidan yaratilgan bepul ta’lim platformasi bo‘lib, Dubai Future Foundation jamg‘armasi bilan birgalikda malakali xalqaro ekspertlar videodarslarini bepul o‘rganish orqali ma’lumotlar tahlili, frontend va backend dasturlashning asosiy tushunchalarini, shuningdek, mobil ilovalar yaratishni bepul o‘rganish imkonini beradi.

Bundan tashqari, ikki yil ichida Guliston, Marg‘ilon, Andijon, Samarqand, Jizzax, Navoiy va Buxoro kabi viloyatlarda IT-Parkning 7 ta filiali ochildi. IT-mutaxassislarga yuqori sifatli infratuzilmani ta’minlash uchun O‘zbekistonda (har bir hududda bittadan) jami 14 ta IT-Park filiallarini ochish rejalashtirilgan.

IT-Parkning har bir filiali uzluksiz elektr ta’minoti, tezkor internet, konditsioner, yong‘in xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya uskunalari va xavfsizlik bilan ta’minlangan. IT-Parkda mutaxassislarga qulay va unumli mehnat qilish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring