Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalist Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha sud 5-martda boshlanadi

Jurnalist Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha sud 5-martda boshlanadi

Bobomurod Abdullayev

Foto: «Facebook» / Bobomurod Abdulla

Jurnalist Bobomurod Abdullayev va uning jinoiy sheriklari sifatida gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirildi. Bu ma’lumotni Oliy sud matbuot xizmati tasdiqladi.

Bizga bildirishlaricha, sudlanuvchilar Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakunlangan. Mazkur jinoyat ishi 2018 yilning 5-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi tomonidan sudyasi Zafar Nurmatov raisligi ostida ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, gumonlanuvchilar Jinoyat kodeksining 159-moddasida (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Ushubu moddaga muvofiq, agar sudda gumonlanuvchilarga qo‘yilgan ayblov o‘z tasdig‘ini topsa, eng kamida EKIHning olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. Agar jinoyat ishi uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlagan holda sodir etilgan deb topilsa,  besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolash ko‘zda tutilgan. Sudda mazkur jinoyat ishi hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish deb malakalangan taqdirda o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring