Kimlar tez qarishi ma’lum bo‘ldi

Xalqaro olimlar jamoasi xulosasiga ko‘ra, kam ta’minlangan oilalardan chiqqan odamlar nisbatan tez qariydi. Tadqiqot natijalari Aging jurnalida e’lon qilindi.
Tadqiqotchilar DNKning xarakterli kimyoviy belgilari bo‘yicha insonning biologik yoshini baholash imkonini beruvchi «epigenetik soatlar»dan foydalanishdi. Agar u pasportda ko‘rsatilgandan yuqori bo‘lsa, inson biologik jihatdan tez qariyotganini anglatadi.
Buni aniqlash uchun bolaligida IQ darajasi o‘lchangan, o‘rta yoshda xuddi shu testdan yana o‘tgan va qon namunalari olingan 300 ga yaqin ishtirokchi ma’lumotlari tahlil qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, kasallik va o‘lim xavfini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan yangi «ikkinchi avlod» epigenetik soatlari (PhenoAge va GrimAge) 50 yoshga borganda IQ pasayishini yaxshiroq bashorat qiladi. Qolaversa, bu ta’sir hatto bir oilada tarbiyalangan egizaklarda ham saqlanib qolishi oydinlashdi: biologik yoshi kattaroq bo‘lganlarning kognitiv funksiyalari kuchliroq pasaygan.
Tadqiqotning diqqatga sazovor tomoni — eng sezilarli zaiflik kam ta’minlangan oilalardan chiqqan odamlarda aniqlanganidir: erta ijtimoiy stress alaloqibat insonning qarishini ham tezlatib yuboradi, deyishmoqda mualliflar.
Olimlarning ta’kidlashicha, demensiya va boshqa yoshga bog‘liq buzilishlar xavfini aniqroq baholashda biologik yoshni DNK bo‘yicha kuzatish bilan bir qatorda, insonning ijtimoiy kelib chiqishiga ham e’tibor qaratish muhimdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter