Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil Tillaboyev

Xalq uchun ishla, o‘zinga qaytmasa, farzandingga qaytadi!

Maktablar ochiladigan sana ma’lum qilindi

Maktablar ochiladigan sana ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

Bugun bosh vazir A.Aripov boshchiligida Xalq ta’limi tizimiga doir videoselektor o‘tkazildi, deb yozmoqda bloger Isroil Tillaboyev.

Ushbu videoselektorda quyidagi topshiriqlar berildi:

  • 7-sentyabrdan yashil hududlarda tajriba tariqasida maktablar ochiladi;
  • 14-sentyabrdan barcha hududlardagi maktablar ochiladi;

Maktablar ochilgach, o‘quvchilar «Sinf rejimi» tartibida o‘qishadi. Ya’ni, xonama-xona ko‘chib yurmaydi.

Barcha hududiy viloyat hokimliklari tomonidan 10 sentyabrga qadar barcha maktablar antiseptik  va boshqa kerakli vositalar bilan ta’minlanadi (ko‘chma qo‘l yuvish joylari ham tashkillashtiriladi). Izoh: Avvalgi postimda yozganimdek, o‘qituvchilardan pul yig‘ilmaydi.

Barcha o‘qituvchilar koronavirusga test topshiradi, keyinroq virusga qarshi vaksina qilinadi.

Barcha maktablarda izolyasiya xonalari tashkil qilinadi.

Maktablarning birontasida burjuyka pechkalar qolmaydi.

Yotoqda qoladigan o‘quvchilar (IDUMI) oziq-ovqatlari, albatta, «SES» nazorati ostida bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring