Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maradonaning o‘limi sababi ma’lum bo‘ldi

Maradonaning o‘limi sababi ma’lum bo‘ldi

Foto:«Championat.com»

Argentinalik mashhur futbolchi Diyego Maradona o‘tkir yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.  Bu haqda mamlakatning TN telekanali  ma’lumot bergan. 

«Diyego Maradona tibbiy xulosaga ko‘ra o‘tkir yurak yetishmovchiligidan vafot etdi», - deyiladi telekanalda.

Shuningdek, Maradonada «o‘tkir o‘pka shishi» rivojlanishi qayd etilgan.

Jahon futbolida muhim o‘rin tutgan sportchi «Napoli» va «Barselona»ning yorqin yulduzi sanaladi. Shuningdek u Argentina termasiga ustozlik qilgan.

Kuni kecha hayotdan ko‘z yumgan Maradona avvalroq, yurak operatsiyasinini ham o‘tkazgan edi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring