Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Meva-sabzavotlar eksporti bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rindamiz?

Meva-sabzavotlar eksporti bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rindamiz?

Foto: «Greek Reporter»

«O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi meva-sabzavotlar turlari bo‘yicha O‘zbekiston nechanchi o‘rinda turishini ma’lum qildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga kompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston quritilgan o‘rik (turshak) eksporti hajmi bo‘yicha dunyoda ikkinchi, o‘rik yetkazib berishda to‘rtinchi, olxo‘ri — 7, karam va mayiz — 9, shaftoli va uzum eksporti bo‘yicha 10-o‘rinda turadi.

O‘zbekiston dunyoning 80 davlatiga 180 turdagi meva-sabzavotni eksport qilayotgani haqida xabar bergan edik. 2018-yilda 2 mlrd. dollarlik meva-sabzavot eksport qilish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring