Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentning Mirobod tumanida 3 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentning Mirobod tumanida 3 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Kecha, 2 fevral kuni Mirobod tumani Tolimarjon ko‘chasida «Elektroapparat» zavodi ro‘parasida 2000 yilda tug‘ilgan K.Yu. boshqaruvida bo‘lgan «Labo» rusumli transport vositasi hamda 2003 yilda tug‘ilgan U.M. boshqaruvida bo‘lgan «Matiz» rusumli avtomashinalar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

YTH natijasida «Matiz» rusumli avtomashina boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 1988 yilda tug‘ilgan A.K.ga tegishli «Spark» rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan.

Hodisaning dastlabki sababi: «Labo» rusumli avtomashina haydovchisi harakatlanish ustuvorligiga ega bo‘lgan «Matiz» rusumli avtomashina haydovchisiga yo‘l bermay, burilish manyovrini amalga oshirgan.

To‘qnashuv natijasida «Labo» rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring