Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozarbayjonda prezident saylovi boshlandi

Ozarbayjonda prezident saylovi boshlandi

Foto: RIA Novosti / Anton Denisov

Bugun, 11-aprel kuni, ertalab soat sakkizda Ozarbayjonda prezident saylovi boshlandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qildi.

Mamlakatning besh milliondan ortiq fuqarosi saylash huquqiga ega bo‘lib, ular uchun 5641 ta saylov uchastkasi ochilgan. Nomzodlar soni sakkiz nafar bo‘lib, ular orasida amaldagi prezident Ilhom Aliyev ham bor.

Ozarbayjonda prezident yetti yilga saylanadi. Mazkur saylovda 900 nafar xorijlik va 58 ming nafar mahalliy kuzatuvchi ishtirok etayotgani ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring