Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda koronavirusga uchragan bemor miokard infarktidan vafot etdi

Namanganda koronavirusga uchragan bemor miokard infarktidan vafot etdi

Kecha, 26 mart kuni koronavirusga uchragani tasdiqlangan bemor bugun miokard infarktidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan xabar berildi.

«Shu yilning 26 mart kuni surunkali kasalliklari bilan dispanser nazoratida bo‘lgan namanganlik 72 yoshli R. koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi. Shu kuni soat 23:00 lar atrofida maxsus laborator tahlillar natijasida unda ushbu infeksiya aniqlangan. Bemorga ushbu infeksiya 12 mart kuni Turkiya safaridan qaytgan va kasalligi tasdiqlanib, karantinga olingan qizi M.dan yuqqanligi dalillangan.

Bemor uzoq yillar davomida qandli diabet, surunkali o‘tkir yurak yetishmovchiligi va boshqa kasalliklar bilan davolanib kelgan. Bugun tongda soat 4:30 da shifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan o‘tkir miokard infarktidan vafot etgan», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring