O‘zbekistonlik ayol Nyu-Yorkdagi avariyada vafot etdi
AQShdagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Nilufar Komilova halok bo‘ldi.
Joriy yilning 10-mart kuni Nyu-York shahrida yana bir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Natijada O‘zbekiston fuqarosi Nilufar Komilova vafot etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Nyu-York shahar transport departamentining yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan.
O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi hodisa sabab ta’ziya bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, Komilova 31 yoshni qarshi olgan bo‘lib, ikki farzandning onasi edi.
Bosh konsulxona marhumaning oilasi bilan doimiy aloqada bo‘lib, zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Bu o‘zbekistonliklar bog‘liq yagona holat emas. Shu yil fevral oyida Nyu-Yorkdagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 yoshli o‘zbekistonlik Amira Aminova ham hayotdan ko‘z yumgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter