Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo Chempionlar ligasi bahslarini boshqaradi

O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo Chempionlar ligasi bahslarini boshqaradi

Ilgiz Tantashev va Rustam Lutfullin boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi 17 fevral kuni Osiyo miqyosidagi ikki muhim uchrashuvni boshqaradi.

O‘zbekistonlik hakamlar jamoasi Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) tasarrufidagi Elit Chempionlar ligasi hamda Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqalari doirasidagi navbatdagi uchrashuvlarda faoliyat olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.

17 fevral kuni Malayziyaning Johor shahrida bo‘lib o‘tadigan “Johor Darul Ta’zim” (Malayziya) — “Vissel Kobe” (Yaponiya) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni o‘zbekistonlik hakamlar boshqarib boradi.

Bosh hakam — Ilgiz Tantashev.
Yordamchi hakamlar — Andrey Sapenko va Timur Gaynullin.
To‘rtinchi hakam — Asker Najafaliyev.
VAR hakami — Axrol Risqullayev.
AVAR hakami — Abdurashid Xudoyberganov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring