Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekistonlik manyak» Moskvada sud qilinadi

«O‘zbekistonlik manyak» Moskvada sud qilinadi

Foto: Rossiya tergov qo‘mitasi

Besh nafar ayolning qotilligida ablanayotgan B.Matyoqubovga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi, deb xabar berdi Rossiya tergov qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilning yanvaridan aprel oyiga qadar B.Matyoqubov Moskva shahri va oblastida ovloq joylar va parklarda ayollarni ortidan kuzatib, davomli qotilliklar sodir etgan.

«Manyak» bir necha yil davomida boshqa mamlakatda yashirinib yurdi. Biroq 2017-yil dekabrda qo‘lga olinib, Moskvaga ekstraditsiya qilindi», deyiladi xabarda.

Ekspertiza jarayonida psixologlar va boshqa mutaxassislar uning qiziqqon va o‘ch olishga tashnaligi, ayollarga nisbatan shaxsiy adovati borligini aniqlashgan.

Tergov davomida Matyoqubov barcha jinoyatlarda aybini tan olgan. Jinoiy ish sudga oshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring